Xitoy harbiylari Kamboja yaqinida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida orqasida miltiq o‘rnatilgan robot itni namoyish etdi. Bu haqda CNN
xabar berdi
.
«
U shahar sharoitidagi jangovar harakatlarimizda xizmat qilishi mumkin. U razvedka qilish, dushman joyini aniqlash va nishonga zarba berishga qodir
», dedi askar Chen Vey Xitoy davlat telekanalidagi videoda.
Videoda robot-itning masofadan turib operator boshqaruvi ostida yurishi, sakrashi, yotishi va orqaga qarab harakatlanishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoda robot-itga o‘rnatilgan avtomat miltiq ham ko‘rinadi.
«
Robot-itlar, shuningdek, kichik dronlardan harbiy maqsadda foydalanish yangilik emas. O‘tgan yili Xitoy, Kambodja, Laos, Malayziya, Tailand va Viyetnam harbiylari ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotlarda ham miltiq o‘rnatilgan elektron itlar ko‘rsatilgan edi
», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Xitoy dronlarni eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Biroq o‘tgan yili mamlakat Savdo vazirligi «milliy xavfsizlik va manfaatlarni himoya qilish» zarurligini ko‘rsatib, uchuvchisiz texnologiyalarga eksport nazoratini joriy qilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar