Windows Central nashri jurnalisti Jez Korden Xbox konsollari uchun eksklyuziv o’yinlarning ahamiyati yuzasidan qiziqarli so’rovnoma o’tkazdi. Unda 14 ming 575 nafar foydalanuvchi ishtirok etib, o’z fikrlarini bildirdi. Natijalarga ko’ra, respondentlarning 43 foizi o’yinlarning aksariyati yoki barchasi faqat Xbox uchun eksklyuziv bo’lishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgan. Yana 27,1 foiz ishtirokchi qisman yoki vaqtinchalik eksklyuzivlikka rozi ekanligini bildirgan. Bu haqda playground.ru
xabar
beradi.
So’rovnomada qatnashganlarning atigi 12,4 foizi eksklyuziv o’yinlar platforma uchun keraksiz deb hisoblaydi, 17,6 foiz foydalanuvchi esa bu masalaga befarq munosabatda. Eksklyuzivlik mavzusi Microsoft kompaniyasi o’z loyihalarini boshqa konsollarda ham chiqarishga qaror qilganidan so’ng keskin tus oldi. Bu qaror geymerlar hamjamiyatida qizg’in muhokamalarga sabab bo’lmoqda.
Kelgusi 2026 yil Xbox brendi uchun muhim sana hisoblanadi, chunki platforma o’zining 25 yilligini nishonlaydi. Kompaniyaning yangi rahbari Asha Sharma oldida brendning kelgusi rivojlanish strategiyasini belgilash vazifasi turibdi. Yaqin kelajakda kompaniya kompyuter va konsol ekotizimlarini birlashtiruvchi Project Helix nomli gibrid platformani taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ushbu qadam Xbox kelajagini tubdan o’zgartirishi kutilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Xbox foydalanuvchilari eksklyuziv o’yinlar saqlanib qolishini istashmoqda
So’nggi yangiliklar
Maymunni o'z to'dasiga qaytarish uchun o'yinchog'i olib qo'yildi
Bugun, 11:55
Pillachilik bilan shug'ullanuvchi oilalarga 4 million so'm beriladi
Bugun, 11:53
