iOS operatsion tizimi uchun Telegram ilovasining 12.5 versiyasi taqdim etildi. Ushbu yangilanish chatlar va media fayllar bilan ishlovchi foydalanuvchilar uchun ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi.
Yangi versiyadagi asosiy o‘zgarishlar:
– Fayllar endi fon rejimida yuklanadi. Ilova yopiq bo‘lsa yoki telefon blokirovka qilingan taqdirda ham yuklash jarayoni davom etadi va uni Activity panelida kuzatish mumkin.
– Guruhlarda yangi teglar tizimi joriy etildi. Admin lavozimlari rang bilan ajratiladi, oddiy foydalanuvchilar esa o‘zlariga kulrang teglar qo‘yishlari mumkin.
– Premium obunachilari uchun shaxsiy chat himoyasi kuchaytirildi. Endi nusxa olish, boshqaga yuborish (forward), skrinshot olish va fayllarni saqlashni taqiqlash mumkin.
– GIF tasvirlariga matnli izoh (caption) qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.
– Fotosuratlarni bir bosishda stikerga aylantirish va maxsus redaktor orqali ularni tahrirlash (matn yozish, chizish, emoji qo‘shish) yo‘lga qo‘yildi.
– Ovoz berish jarayonlarida kim qachon ovoz berganini ko‘rish imkoni yaratildi.
– Telegram orqali saytlarga kirish (login) tizimi tezlashtirildi va yangi interfeys bilan boyitildi.
– Xabar ichidan tadbir (event) yaratish va uni kalendar bilan integratsiya qilish funksiyasi qo‘shildi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Telegram yangilandi: Fayllarni fon rejimida yuklash imkoni
So’nggi yangiliklar
Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi
Bugun, 11:46
Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi
Bugun, 11:44
Toshkentdagi “Katta Dubulg‘a”da dzyudochilarimiz kuchli uchlikdan joy oldi
