in

Sun’iy intellekt ilk bor universitetga qabul qilindi

Dunyoda ilk marta sun’iy intellekt oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilindi. Euronews xabar berishicha, Flynn nomli neyrotarmoq raqamli san’at yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi.

Flynn universitetning standart qabul jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi: u portfolio taqdim etdi, intervyuda qatnashdi va kirish imtihonlarini topshirdi. Qizig‘i shundaki, sun’iy intellekt o‘zining inson emasligini yashirmadi. Ammo bu holat universitet o‘qituvchilarida hech qanday shubha yoki qarshilik uyg‘otmadi.

“Talabalar faqat inson bo‘lishi kerak degan yozma talab yo‘q. Aniq sabablarga ko‘ra, bu haqda hech kim avval o‘ylab ko‘rmagan”, — dedi universitetning raqamli san’at kafedrasi rahbari Liz Xaas. Uning ta’kidlashicha, Flynn intervyu jarayonida o‘zini juda yaxshi namoyon qilgan va yuqori darajadagi portfolio taqdim etgan.

Flynn’ni yaratgan mutaxassislar sun’iy intellektni yanada takomillashtirish maqsadida uni darslar va talabalar bilan muloqotga jalb qilishlarini bildirishdi. U rasman kuzgi semestrdan boshlab ta’limni boshlashi kutilmoqda, ammo ayni paytdayoq ayrim darslarda ishtirok etmoqda.

Bu voqea ta’lim sohasida yangi davrni boshlayotgani va sun’iy intellektning inson faoliyatiga qanday tez singib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147492’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);

Yoqdi