Facebook asoschisi Mark Sukerberg yaqinda bergan intervyusida 2030 yilga borib aqlli ko‘zoynaklar asosiy iste’molchi qurilmaga aylanishini
aytdi
. Bundan tashqari, bu boshqa gadjetlar tarixga aylanadi degani emas: kompyuterlar va telefonlar ham ishlatiladi, lekin kamroq.
Sukerberg so‘zlariga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi o‘ringa chiqsa, smartfonlar cho‘ntakda «ko‘proq vaqt o‘tkazadi».
Ko‘zoynak ko‘rinishidagi taqiladigan minigarnituralar g‘oyasi yangi emas. Google 2013 yilda Google Glass bilan aqlli ko‘zoynaklar bozoriga kirishga harakat qildi. Keyin ushbu reliz haqiqiy sensatsiyani keltirib chiqardi va foydalanuvchilar bunday mahsulotlarni ommalashtirishni intiqlik bilan kutishgan va ularni smartfonlar o‘rnini bosuvchi deyishgandi.
Biroq, amalda, bunday qurilmalarni ommalashtirishga qaratilgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sabablari — shishaning sifatsizligi va qurilmaning bozorga chiqishga tayyor emasligi.
Bugungi kunda foydalanuvchilarning aqlli ko‘zoynaklarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda va Meta asosiy o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Sukerberg kompaniyasi Ray-Ban bilan birgalikda 2021 yildan beri videoga olish va musiqa tinglash mumkin bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarni chiqarmoqda. Yaqinda Meta nigoh bilan boshqariladigan Orion AR-ko‘zoynagini taqdim etdi.
Google, Apple, Samsung va boshqa kompaniyalar allaqachon aqlli ko‘zoynaklar segmentida raqobatbardosh poygaga kirishgan. AI va ChatGPT uslubidagi chatbotlar bilan jihozlangan yangi avlod qurilmalari iste’molchilarni yanada jalb qilmoqda.
Bloomberg manbalari yaqinda Apple kompaniyasi aqlli ko‘zoynaklar yaratish uchun kamerali AirPods minigarniturasini chiqarishni rejalashtirayotganini aytdi. Ular Apple Glass bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi va unga kerakli ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘ladi. Ammo qurilma tez orada chiqmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar