Gadjetlarning to‘satdan ishlamay qolishining oldini olish uchun smartfondagi eng kichik o‘zgarishlarga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Quyida telefoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiradigan 5 ta asosiy belgilarni ko‘rib
chiqamiz
.
Dasturiy ta’minotni yangilash haqida xabarlar kelmaydi
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan smartfonni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi va bunga resurslar sarflamasligi telefonning eskirganligidan dalolat beradi.
Ishlab chiqaruvchilar dasturiy ta’minotning yangilangan versiyalarini smartfon chiqarilgandan keyin 3-4 yil o‘tgach to‘xtatadi. Bu borada Apple kompaniyasi eng saxiysi bo‘lib qolmoqda, chiqarilganidan 9-10 yil o‘tib ham qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani yo‘q.
Yangi funksiyalarning bo‘lmasligi, turli viruslardan himoyalana olmaslikdan tashqari bunday smartfonlarda yangi ilovalar va o‘yinlarni o‘rnatishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ko‘plab ilovalar ishlashi uchun telefonning yangi versiyasi bo‘lishini talab qiladi.
Telefon quvvati bir kun ichida tugab qoladi
Agar telefoningizning quvvati tushlikkacha yetmasa, bu yangisini sotib olish haqida o‘ylash uchun ajoyib sababdir. Batareyaning ishlash muddati sezilarli darajada yomonlashishi, ehtimol batareyaning eskirishi bilan bog‘liq: 2-3 yil ichida maksimal quvvat 100 dan 80 foizgacha tushadi. Bu litiy-ionli batareyalardan xavfsiz ravishda foydalanishning asosi hisoblanadi. Batareyaning shishishi orqa qopqoq bilan birga atrofdagi qismlarga ham zarar yetkazishi mumkin.
Deyarli barcha zamonaviy smartfonlar shunday ishlab chiqilganki, undagi akkumulatorni almashtirish uchun telefonni ochish juda qiyin. iPhone’ga yangi batareya qo‘yish uchun odatda ekran va platani olib tashlashingiz kerak. Bunday vaqtda xato qilib qo‘yish, boshqa qismlarga zarar yetkazish oson. Qolaversa, sizning smartfoning uchun ehtiyot qismlari sotuvda bo‘lmasligi mumkin.
Gadjet doimiy ravishda qizib ketadi
Bu batareya xizmat vaqtining tugagani yoki og‘ir ilovalar va o‘yinlarga smartfonning bardosh bera olmasligining belgisi bo‘lishi mumkin. Agar smartfoningiz hech qanday sababsiz qizib ketaversa, sozlamalar orqali ko‘p energiya sarflaydigan dasturni topishga urinib ko‘ring. Telefon sozlamalari orqali “Batareya” bo‘limiga kiring va “Foydalanish vaqti”ni tekshirib ko‘ring. Agar energiya iste’moli bo‘yicha ro‘yxatning boshida siz deyarli foydalanmaydigan ilova turgan bo‘lsa, demak bu dastur telefon qizib ketishining asosiy sababchisidir.
Smartfonning muntazam qizib ketishi yaxshilikka olib kelmaydi: gadjet to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi va ichki qismlarga zarar yetkazish xavfi ortadi.
Kamera sifati pasayadi
Dasturiy ta’minot bilan birgalikda foto va video suratga olish sifati ham pasayadi. Albatta, turli ilovalar orqali yaxshiroq fotosuratlar olishingiz mumkin, ammo kamera sifati pasayib boraversa, bunday smartfondan voz kechish va yangi telefon sotib olish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Ichki xotira tez to‘lib qoladi
Shunchaki video suratga olmoqchi bo‘lsangiz yoki biror dasturni yuklab olmoqchi bo‘lsangiz, xotira tolganligi haqidagi xabarlar doimo kelaversa, demak smartfon o‘z xizmatini o‘tib bo‘lgan. Kamdan kam ishlatiladigan ilovalarni o‘chirib tashlash vaqtinchalik foyda beradi, ammo muntazam smartfonni tozalasangiz ham xotira to‘lgani haqidagi ogohlantirishlar paydo bo‘laversa, yuqori xotiraga ega bo‘lgan telefonni sotib olish orqaligina vaziyatdan chiqish mumkin.
Smartfon
,
Gadjet
,
Almashtirish
,
Vaqti kelganligi
Mavzuga oid yangiliklar