Rossiyada joriy yil 1-apreldan Telegram messenjeri to‘liq bloklanishi ehtimoli haqida xabarlar tarqalmoqda. “RBK” va The Bell nashrlari bu haqda o‘z manbalariga tayanib ma’lumot bergan.
“RBK”ning Kremlga yaqin manbalari Telegram’ni bloklash bo‘yicha qaror “yakuniy” ekanini aytgani qayd etilgan. The Bell esa Rossiya mobil operatorlaridan biridagi manbaga tayanib, 1-apreldan messenjerni cheklash bo‘yicha “dastlabki qaror” qabul qilinganini yozgan.
Baza keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bloklash “Rossiyaning butun hududida” amal qilishi mumkin. “RBK” maqolasida esa aprel oyiga borib Telegram faqat front hududida ishlab qolishi ehtimoli tilga olingan.
Xabarlarda aytilishicha, Rossiya harbiylari ushbu messenjer orqali jang maydonidagi harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin, garchi Kreml buni rasman tan olmasa ham. Shuningdek, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlarni Ukraina maxsus xizmatlari qo‘lga kiritishi xavfi haqida ogohlantirgani ham qayd etilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Rossiyada Telegram 1-apreldan to‘liq bloklanishi mumkin
So’nggi yangiliklar
Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda keskinligini aytdi
Bugun, 11:48
Krasnodardagi NQZga dron hujumi yana yong‘in keltirib chiqardi
Bugun, 11:46
Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi
