in

Rossiyada dunyodagi eng qimmatbaho iPhone 16 Pro Max taqdim etildi (foto)

Qimmatbaho materiallardan smartfon va mayda elektronika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rossiyaning Caviar kompaniyasi iPhone 16 Pro Max’ning yangi va eksklyuziv nusxasini taqdim

etdi

.

Mazkur brend o‘zining Corona kolleksiyasiga yana bir nechta yangi modeldagi smartfonlarni qo‘shdi. Ulardan biri “Buyuk, Grozniy, Muhtasham” deb nomlangan iPhone 16 Pro Max flagmani bo‘ldi.

Bunday smartfonni ishlab chiqish uchun og‘irligi 1 kilogrammdan ortiq, asillik darajasi (probasi) 750 bo‘lgan oltin quymadan foydalanilgan. Caviar buni quyidagicha izohladi:

Barelef (bo‘rtma tasvir) dizayni uchta buyuk hukmdorning — Ivan Grozniy, Sulton Sulaymon va Buyuk Karlning tojidagi elementlarni o‘zida mujassam etadi. Uning narxi 200 ming AQSH dollaridan oshadi, bu esa iPhone 16 Pro Max gadjetini dunyodagi eng qimmat smartfonga aylantiradi.

Smartfon dizaynining o‘ziga xosligi shundaki, u olmos, yoqut va sapfir bilan bezatilgan va hukmdorlar tojlarining tasviri esa unga chinakamiga shohona ko‘rinish bergan.

Dizaynning har bir detali ramziy ma’noga ega: qizil yoqutlar kuch va qudratni, ko‘k sapfirlar donolikni, olmoslar esa abadiylik va buyuklikni ifodalaydi, deya ma’lumot berilgan Caviar saytida.

Brend haqida

Caviar 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu kungacha kompaniya minglab eksklyuziv turdagi gadjetlarni ishlab chiqargan. Ular orasida taniqli shaxslarga, turli bayramlar yoki tarixiy voqealarga atalgan va ularning tasviri tushirilgan namunalar ko‘p.

Mavzuga oid yangiliklar