Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatini berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qulladi. U tegishli farmoyishni
imzoladi
.
“
Hukumatning Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida GLONASS global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimiga yuqori aniqlikdagi signaldan foydalanish imkoniyatini berish to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin
”, deyiladi farmonda.
GLONASS — Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimi. Uning nomi global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. 2013 yil iyul oyida Rossiyaning 15 hududida sinov tariqasida ishga tushirilgan.
2015 yil 1 yanvarda tizim sanoat foydalanishiga topshirilgan. U joylashuvni aniqlash, navigatsiya, geodeziya, ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. 2018 yildan boshlab tizimning abonent terminallari Rossiyada sotilayotgan barcha avtotransport vositalariga o‘rnatilmoqda.
MediaTek, Qualcomm, Apple, Samsung, Hisilicon kompaniyalari GPS, GLONASS va boshqa navigatsiya tizimlarining signallarini qabul qiluvchi chiplarni ishlab chiqarmoqda.