in

LG kompaniyasi kengaytirish, bukish va cho‘zish mumkin bo‘lgan yangi displey namunasini taqdim etdi

Besh yillik ilmiy tadqiqot va tajribalardan so‘ng LG Display kompaniyasi nafaqat 50% gacha cho‘zilsa, balki turli usullarda bukilsa ham mahsulotga zarar yetkazmaydigan innovatsion displey prototipini taqdim

etdi

.

Mazkur ekran o‘lchami 12 dyuym bo‘lib, har bir dyuym uchun 100 piksel to‘g‘ri keladi.

Deformatsiya qilish mumkin bo‘lgan bunday displey shunchaki kengayadigan ekrandan iborat emas. Uni yig‘ish, bukish, burish va istalgan shaklga keltirish mumkin

”, deydi ishlab chiquvchilar.

2022 yilda taqdim etilgan avvalgi modelga nisbatan yangi mahsulotning “kengayish koeffitsiyenti” 50% (avvalgisi 20% edi) ga yetgan va ekran o‘lchami 12 dan 18 dyuymgacha kattalashgan.

LG jamoasi yuqori harorat va boshqa tashqi omillar ta’sirida yuqori sifatli tasvir bo‘lishini ta’minlaydigan materiallardan foydalangan holda shunday elastiklikka erishdi. Ushbu materiallar kontakt linzalari va mikro-LEDlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Yangi turdagi ekran mustahkam ham bo‘lib, kundalik ta’sir va turli bosim ostida ham butunligicha qoladi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ekranning elastikligi hisobiga uni turli usullarda qo‘llash imkoni mavjud. Misol uchun, ko‘rgazma maketlardan birida displeyni avtomobil panelining bir qismi sifatida ko‘rsatilgan.

Displey har qanday turdagi qatlamga yopishtirilishi va qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, bunday ixtiro moda sanoatida ham inqilob yasashi mumkin, deb hisoblaydi:

Biz real vaqtda dizayni va rangini o‘zgartirish imkoniga ega maxsus kiyimlarni ishlab chiqarishimiz mumkin. Bu yangilik moda sanoatida katta burilish yasaydi. Tikuvchilik materiali uchun displeylardan foydalanish hech qachon eskirmaydigan kiyimlar modelini yaratish uchun imkoniyatlarni ochib beradi

”, deydi moda dizaynerlari Yun Xi Pak va Chung Chung Li.

Mavzuga oid yangiliklar