in

Lego ko‘rinishidagi poyabzal dizayni nimasi bilan ajralib turadi?

Crocs kompaniyasi Lego bilan hamkorlikda noodatiy dizaynga ega yangi oyoq kiyimlarni taqdim etdi. Ular odatiy Crocs’lardan keskin farq qiladi: poyabzalning old qismi an’anaviy yumaloq shaklda emas, balki to‘rtburchak ko‘rinishda ishlangan. Bu yechim uni Lego g‘ishtlari ko‘rinishiga yaqinlashtiradi va dizaynni darhol taniladigan qiladi.

Poyabzalning yuqori qismida konstruktorga xos bo‘lgan to‘rtta hajmli element joylashtirilgani aytiladi. Bu detal ham Lego ruhini kuchaytiradi va foydalanuvchiga “konstruktordan chiqqandek” ko‘rinish beradi. Yana bir qiziqarli jihat — poyabzal bilan birga mini-figura ham taqdim etilishi bo‘lib, u ham o‘zining kichik poyabzallariga ega ekani qayd etilmoqda.

Hozircha ishlab chiqaruvchilar poyabzal qaysi materiallardan tayyorlangani va u kundalik kiyishda qanchalik qulay bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot bermagan. Shunga qaramay, yangi hamkorlik mahsuloti dizayni bilan allaqachon e’tibor tortib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Texno

» Lego ko‘rinishidagi poyabzal dizayni nimasi bilan ajralib turadi?

So’nggi yangiliklar

Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi

Bugun, 22:29

Fabio Kannavaro: "Mundialda faqatgina yutamiz, hech narsa yo‘qotmaymiz"

Bugun, 22:26

Ispaniya kubogida yarimfinal juftliklari aniq bo‘ldi