in

Google qidiruv tizimidan foydalanish kamaymoqda

Sun’iy intellektning rivojlanishi, marketpleyslarning ommalashuvi va Google tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar sifatining pasayishi tufayli mazkur qidiruv tizimidan foydalanish kamaymoqda, deb

xabar beradi

The Wall Street Journal. Ushbu tendensiyalar Google’ning qidiruv trafigini pasaytirishi va kompaniyani «qo‘shimcha foyda»dan mahrum qilishi mumkin.

«

eMarketer prognozlariga ko‘ra, 2025 yilda Google’ning AQSH qidiruv reklamalari bozoridagi ulushi kompaniya bu ko‘rsatkichni kuzatishni boshlaganidan beri ilk bor 50 foizdan pastga tushadi

», — deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda «yosh avlod axborot yig‘ish uchun boshqa platformalardan, ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanmoqda». Masalan OpenAI korporatsiyasi ChatGPT’ga internet-qidiruv funksiyasini qo‘shgan. Meta Platforms ham o‘zining qidiruv tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.

«

Hatto internetda qidirishni bilmaydigan sun’iy intellektli chatbotlar ham ko‘plab masalalarni hal qilishga tobora qobiliyatli bo‘lib bormoqda

», — deya ta’kidlanadi maqolada. Bundan tashqari, Microsoft va Apple ularni o‘z operatsion tizimlariga integratsiya qilmoqda.

Shuningdek, WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Amazon «reklama beruvchilardan milliardlab dollar» ishlab topmoqda, chunki foydalanuvchilar tovarlarni tanlashda Google qidiruvni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri marketpleysga murojaat qilyapti.

Avvalroq AQSH Adliya vazirligi Google’dan Chrome’ni sotishni talab qilgandi. Chrome dunyodagi eng mashhur brauzer bo‘lib, AQSH bozorining 61 foizi uning hisobiga to‘g‘ri keladi. Amerika antimonopol organi qattiqroq jazo chorasini qo‘llashdan voz kechgan, ular Google’dan Android mobil operatsion tizimini sotishni talab qilishlari mumkin edi.

Mavzuga oid yangiliklar