Rossiya IIV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni tashkil etish boshqarmasi firibgarlar Telegram foydalanuvchilariga fotosurat niqobi ostida virus yuborishni boshlagani haqida
ogohlantirdi
.
Qayd qilinishicha, firibgarlar «Foto» sarlavhasi bilan APK faylini shaxsiy xabar sifatida yubormoqda.
APK – Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun ilovalarni o‘rnatish fayli formati. Agentlik Telegram kanalida yozishmalarning skrinshotini e’lon qildi, unda suhbatdosh «Foto» deb nomlangan ikkita APK fayli va «Salom, bu suratdagi sizmisiz?» degan savolni yuborgan.
«
Fotosuratda APK kengaytmasi bo‘lishi mumkin emas. Agar siz bunday xabarni olsangiz, hech qanday holatda faylni yuklamang! Bu zararli ilova bo‘lishi mumkin
», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar