in

Endi TikTok yoshni postdan ham biladi: Yevropada yangi nazorat

TikTok Yevropa Ittifoqida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash bo‘yicha 

yanada kuchli texnologiyalarni

joriy etishni boshlamoqchi. Reuters yozishicha, bu qaror regulyatorlar bosimi va

bir yillik pilot loyiha

natijalaridan keyin qabul qilingan.

Yangi tizim ByteDance’ga foydalanuvchining

profil ma’lumotlari

, joylagan

videolari

va turli

xulq-atvor signallari

ni tahlil qilib, akkaunt voyaga yetmagan (ayniqsa 13 yoshdan kichik) bo‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Eng muhim nuqta: bunday akkauntlar avtomatik “ban” bo‘lib ketmaydi — avval

maxsus moderatorlar tekshiradi

.

Agar foydalanuvchi noto‘g‘ri yoshda deb belgilansa, apellyatsiya mexanizmlari ham bor: manbalarda

yuz orqali yoshni taxminlash (masalan, Yoti)

, bank karta tekshiruvi yoki hujjat bilan tasdiqlash kabi usullar tilga olinadi.

Bu fon’da Yevropada bolalarni onlaynda himoyalash bo‘yicha siyosiy bosim ham kuchaygan: Yevropa Parlamenti 2025-yil noyabrida voyaga yetmaganlarni himoya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarga

16 yoshgacha cheklov

(13–16 oralig‘ida ota-ona roziligi, 13 yoshdan kichiklarga esa qat’iy taqiq) kabi takliflarni qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Texno

» Endi TikTok yoshni postdan ham biladi: Yevropada yangi nazorat

So’nggi yangiliklar

8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti

Bugun, 23:04

Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi

Bugun, 22:53

O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi