Katta ko‘lamli ma’lumotlar sizib chiqishi oqibatida turli onlayn servislarning 149 million foydalanuvchisiga oid ma’lumotlar ochiq internetga tarqaldi. Sizib chiqqan bazada login va parollar, bank kartalari rekvizitlari, shuningdek davlat tizimlariga kirish uchun mo‘ljallangan xizmat kalitlari ham bor. Bu haqda podrobno.uz
xabar
beradi.
Wired texnologik nashri xabariga ko‘ra, zarar ko‘rganlar orasida Google’ning Gmail pochta servisiga tegishli 48 million akkaunt, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 17 million akkaunti hamda Binance kriptobirjasining 420 ming hisob qaydi bor. Bundan tashqari, striming platformalariga kirish kalitlari ham internetdan topilgani aytilmoqda.
Hozircha sizib chiqish manbai va ushbu ma’lumotlar kimga tegishli ekani aniqlanmagan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish uchun kiberjinoyatchilar zararli dasturlardan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda transport oqimini “aqlli” boshqarish uchun o‘rnatilgan qariyb yuzta yo‘l kamerasi tarmog‘i uzoq vaqt parolsiz ochiq turgani haqida ham xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, bu zaiflik istalgan foydalanuvchiga real vaqt rejimida millionlab odamlarning harakatini kuzatish, yo‘lovchilarning yuzlarini ko‘rish va yuqori aniqlikdagi videoarxivlarga kirish imkonini bergan. Keyinchalik rasmiylar ushbu ma’lumotni rad etgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Dunyo bo‘ylab 149 million foydalanuvchining parollari internetga sizib chiqdi
So’nggi yangiliklar
8 martga bag‘ishlangan “E’zozdasiz ayollar” gala konserti
Bugun, 23:04
Olimlar surunkali bel og‘rig‘iga qarshi oddiy yechim topdi
Bugun, 22:53
O‘zbekiston U-16 Xitoyga qarshi ikkinchi o‘yinda yutqazdi
