in

Buklanuvchi iPhone smartfonlar bozorida inqilob yasashi mumkin

Buklanuvchi iPhone smartfonlar bozorida burilish yasashi kutilyapti. Apple 2026 yil ikkinchi yarmida yangi form-faktordagi qurilmasini chiqarishni rejalashtirgan, bu buklanuvchi smartfonlar yo‘nalishida katta voqelikka aylanishi mumkin, deb

xabar berdi

MacRumors nashri.

Display Supply Chain Consultants (DSCC) rahbari va insayder Ross Yangning fikricha, buklanuvchi smartfonlar bozori 2026 yilda 30 foizdan ko‘proq, 2027 va 2028 yillarda 20 foizdan o‘sadi. Ya’ni shu yo‘nalishdagi qurilmalar uchun rekord o‘sishlar davri bo‘ladi.

Apple kompaniyasi noodatiy iPhone ishlab chiqishi haqida gap-so‘zlar ancha oldin paydo bo‘lgan, ayrim tahlilchilar birinchi qurilma 2026 yil sentyabrida taqdim etilishini taxmin qilishyapti.

Xabarga ko‘ra, qurilma o‘lchami 7,9 dan 8,3 dyuymgacha, dizayni Samsung Galaxy Z Flip kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Yoyilganida odatiy iPhone funksiyalarini bajaradi, bukilgan holati uchun Apple o‘z ssenariylari ustida ishlamoqda.

Mavzuga oid yangiliklar