Apple ma’lumotlari to‘liq yoki qisman AQSH yoki boshqa mamlakatlarning sanksiya ro‘yxatidagi odamlari haqidagi ma’lumotlarga mos keladigan rossiyaliklarning akkauntlari uchun xaridlar, obunalar va boshqa operatsiyalarni cheklashni boshladi. Bu haqda iPhones.ru portali xabar bermoqda.
Portal Apple’dan kelgan xabarnomaning skrinshotini e’lon qildi, unda akkauntdan amalga oshirilgan xaridlarni rasmiylashtirishning iloji yo‘qligi aytilgan, chunki uning egasining ma’lumotlari “AQSH hukumati yoki boshqa hukumat sanksiyalari ostidagi shaxslar ro‘yxatidagi bir yoki bir nechta tomonlarning ma’lumotlari bilan to‘liq yoki qisman mos keladi.”
“Apple kompaniyasi amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish uchun shunday qilishga majbur,” – deyiladi kompaniya xabarida.
Qulfni ochish uchun pasport yoki davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning fotosurati va ko‘rinadigan tug‘ilgan sanasi bilan nusxasi taqdim etilishi kerak.
iPhones.ru ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holatlar ilk bor bir necha kun avval qayd etilgan. Hozirda bloklashlar ommalashmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Apple sanksiyalar tufayli rossiyaliklar akkauntlaridagi operatsiyalarni bloklamoqda
So’nggi yangiliklar
Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…
Bugun, 11:58
Laport Saudiya davri haqida ilk bor ochiq gapirdi
Bugun, 11:55
Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi
