in

Apple M5 Max chipi rekord natijani yangiladi

Apple kompaniyasining yangi M5 Max chipi o’zining ilk unumdorlik testlarida barchani hayratda qoldirdi. Geekbench 6 platformasida o’tkazilgan dastlabki sinovlarda 18 yadroli protsessor 29 233 ball to’plab, yangi rekord o’rnatdi. Bu natija hatto 32 yadroli M3 Ultra chipining ko’rsatkichidan ham yuqori ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu haqda macrumors.com

xabar

beradi.

Tahlillarga ko’ra, M5 Max chipi ko’p yadroli unumdorlik bo’yicha M3 Ultra’dan 5 foizga, M4 Max’dan esa 15 foizga tezroq ishlaydi. Shuningdek, chip bir yadroli testlarda ham 4 268 ball bilan barcha shaxsiy kompyuter protsessorlari orasida yetakchiga aylandi. Bu ko’rsatkich AMD Ryzen 9 seriyasidagi eng kuchli modellarni ham ortda qoldirib, Apple Silicon texnologiyasining naqadar kuchli ekanligini yana bir bor isbotladi.

Hozirda M5 Pro va M5 Max chiplari o’rnatilgan yangi MacBook Pro modellariga oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Qurilmalarning ilk egalariga yetkazib berilishi va do’konlarda sotuvga chiqishi 11-mart sanasiga belgilangan. Mutaxassislar tez orada grafik unumdorlikni aks ettiruvchi Metal testlari natijalari ham e’lon qilinishini kutishmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Texno

» Apple M5 Max chipi rekord natijani yangiladi

So’nggi yangiliklar

Treyder bir necha kunda million dollarga yaqin foyda qildi

Bugun, 11:52

Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi

Bugun, 11:50