in

Apple aksiyalari rekord darajaga ko‘tarildi

NASDAQ fond indeksida Apple aksiyalari 5 foizga oshib, har bir aksiya uchun 203 dollarni tashkil etdi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda CNBC

xabar berdi

.

Kompaniya ChatGPT bilan kelishuvni e’lon qilgan, uning qimmatli qog‘ozlari 5,69 foizgacha o‘sgan va har bir 204,11 dollarni tashkil qilgan.

Apple aksiyalarining oshishi korporatsiyaga raqibi Nvidia’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyalar reytingida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga imkon berdi.

O‘sish Apple o‘zining iPhone, iOS dasturiy ta’minoti uchun sun’iy intellektga (AI) asoslangan bir qator yangilanishlarni taqdim etganidan keyin sodir bo‘ldi.

Ular orasida matnni umumlashtirish, original tasvirlar yaratish va foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan vositalar bor. Bundan tashqari, foydalanuvchilar endi sun’iy intellekt emojini sozlashi mumkin bo‘ladi.

Texnologik gigant ChatGPT ishlab chiqaruvchi OpenAI kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Bu esa Apple kompaniyasining Siri ovozli yordamchisiga, shuningdek, iPhone dasturiy ta’minotiga undan foyalanish imkonini beradi.

Mavzuga oid yangiliklar