in

Yevropa grandlarida murabbiylar almashinuvi mavsumi avjida

2025/26 yilgi mavsum Yevropaning bir qator top-klublari uchun oson kechmayapti: katta jamoalar allaqachon bosh murabbiyini almashtirdi, yana kimlardir bu qarorga juda yaqin. «Yevro-Futbol.Ru» mavsum davomida top-klublardan ketgan mutaxassislarni eslab, navbatdagi iste’folar bo’yicha taxminlarni ham keltirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

«Manchester Yunayted»dagi Ruben Amorim iste’fosi mavsumning eng ko’p kutilgan qarorlaridan biri bo’ldi. 41 yoshli portugaliyalik murabbiy yozdayoq tanqid ostida qolgan, biroq klub rahbariyati oxirigacha unga ishonishga urindi. 5 yanvar kuni vaziyat o’zgardi: autsayderlar bilan ikki o’yinda atigi ikki ochko olingach, Amorim bilan xayrlashildi.

Natija esa tez keldi. Vaqtinchalik tayinlangan Maykl Karrik ilk uchrashuvdayoq «Manchester Siti»ni 2:0 hisobida yengdi, keyin safarda «Arsenal»dan 3:2 bilan ustun keldi. «Fulhem» (3:2) va «Tottenhem» (2:0) ustidan g’alabalar ham qo’lga kiritildi. So’nggi turda «Vest Hem» bilan 1:1 durang qayd etildi, ammo «qizil iblislar» APLda 4-o’ringa chiqib, Chempionlar ligasi zonasiga joylashib oldi.

«Chelsi» Enso Mareska bilan xayrlashgani esa ko’pchilikka mantiqsiz tuyuldi. Jamoa yulduzlarga boy bo’lmagan, yosh tarkib bilan o’ynayotganiga qaramay, italiyalik murabbiy ikki sovrin — Konferensiyalar ligasi va Klublar o’rtasidagi jahon chempionatini yutdi, APLda esa muntazam Chempionlar ligasi yo’llanmasi uchun kurashdi.

OAV talqiniga ko’ra, bu qaror ko’proq natijalardan emas, klub ichidagi kelishmovchiliklardan kelib chiqqan: Mareska «Chelsi»ning transfer siyosati va kam tanilgan yosh futbolchilarga tayanish yo’lini to’liq qo’llab-quvvatlamagan. Yil boshidan buyon jamoani Liam Rozenyor boshqarmoqda, ammo natijalar hozircha barqaror emas.

Angliyadagi navbatdagi eng yangi iste’fo «Tottenhem»da yuz berdi. 11 fevral kuni londonliklar o’tgan yozda kelgan Tomas Frank bilan hamkorlik muddatidan oldin to’xtatilganini e’lon qildi. «Shporlar» muammoli «Nyukasl»ga uyda 1:2 hisobida yutqazgach, mavsum oxirini kutmasdan murabbiyni chetlatdi.

Tarkibda jarohatlar ko’pligi va super yulduzlar yo’qligi inobatga olinsa-da, klubning APLda 16-o’rinda yurishi baribir juda past ko’rsatkich sifatida baholandi. Frank o’rniga Igor Tudor tayinlandi, biroq bu tanlov ham bahsli: xorvat mutaxassisning «Yuventus»dagi tajribasi ko’ngildagidek bo’lmagan.

Tudor «Yuventus»ni 2025 yil martidan oktyabrigacha boshqardi. Dastlabdayoq uning tayinlanishi xato bo’lishi mumkinligi sezilgandi, shunga qaramay, turinliklar unga mavsumoldi yig’inlari va chempionat startini o’tkazish imkonini berdi. Biroq vaqt o’tgan sari jamoa o’yini yanada tushib ketdi va iste’fo mantiqiy yakun bo’ldi.

«Yuventus»ning Tudor o’rniga Luchano Spallettini olib kelgani esa juda aniq qaror sifatida ko’rildi. «Napoli» va Italiya terma jamoasining sobiq ustozi turinliklarni qisqa fursatda Chempionlar ligasi kurashiga qaytara oldi.

«Real»da Xabi Alonso bilan xayrlashuv ham kutilmagan qarorlar qatoriga kirdi. Ma’lumotlarga ko’ra, muammo rahbariyat bilan emas, jamoa ichidagi muhit bilan bog’liq bo’lgan: yulduz futbolchilar qat’iy intizom, bosim (pressing) va doimiy nazoratga moslasha olmadi. Natijada Alonso «Real» darajasida talab etiladigan boshqaruvni to’liq yo’lga qo’ya olmadi.

Materialda «Real»ga buyuk taktikadan ko’ra, Karlo Anchelotti yoki Zinedin Zidan kabi so’zi o’tadigan avtoritet ko’proq kerakligi ta’kidlanadi. Ammo bunday figurani topish oson emasligi ham qayd etiladi.

«Monako»da Adi Hyutter davri ham yakunlandi. Nemis mutaxassis 2023 yilda kuchli start qilgan, hatto bir paytlar «PSJ»ga chempionlik poygasida jiddiy raqobat qilish mumkin degan taassurot uyg’otgan. Yakuniy natija bunday bo’lmagan bo’lsa-da, Hyutterni mutlaqo muvaffaqiyatsiz deyish qiyin: u jamoani ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasiga olib chiqqan.

Biroq joriy mavsum starti «Monako» uchun omadsiz kechdi va bu iste’foga olib keldi. Klub esa uning o’rniga 38 yoshli Sebastyen Pokonyolini tanladi — u o’tgan yil oktyabrigacha Belgiyadan tashqarida ishlamagan va bu tanlov ham savollar uyg’otmoqda.

Navbatdagi iste’folar ro’yxatida ilk nom sifatida aynan Pokonyoli tilga olinadi. U Fransiyada kutilgan darajada natija bera olmayapti: ko’plab futbolchilarning o’yini pasaygan, jumladan Aleksandr Golovin ham avvalgi darajasida emas. Shunga qaramay, Golovin baribir maydonda eng ko’zga ko’ringanlardan biri bo’lib qolmoqda.

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham Golovinning o’yinini stadionda kuzatib, mavsumning ayni shu qismida u «Monako»dagi eng yaxshi futbolchi ekanini aytgan.

Shuningdek, «Liverpul»da Arne Slotning kelajagi ham xavf ostida ekani yozilmoqda. Mualliflar fikricha, u hozircha asosan o’tgan yili qo’lga kiritilgan chempionlik krediti evaziga ishlab turibdi. Agar o’shanda «mersisaydliklar» oltinni olmaganida, Slot bilan allaqachon xayrlashilgan bo’lishi mumkin edi.

Klubning yangi futbolchilarga katta mablag’ sarflagani fonida Slotdan yanada yuqori natijalar kutilmoqda. Shu sababli u endi har bir imkoniyatni maksimal darajada oqlashi zarurligi ta’kidlanadi.

Ro’yxat yakunida «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau ham tilga olinadi. Mutaxassis ijobiy qiyofaga ega bo’lsa-da, jamoa himoyasini tartibga solish hamon og’riqli nuqta bo’lib qolmoqda. Hujum chizig’i esa Isak ketganidan keyin ancha sustlashgani qayd etilgan.

Ko’plab jarohatlar va moliyaviy cheklovlar vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Yozda «Nyukasl» hujumchi Nik Voltemade uchun rekord 75 million yevro to’lagani, biroq u «Aston Villa»ga qarshi so’nggi o’yinga qadar 13 uchrashuv ketma-ket gol ura olmagani ham tanqidiy fonni kuchaytirgani aytiladi.

Dmitriy Milyayev

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Yevropa grandlarida murabbiylar almashinuvi mavsumi avjida

So’nggi yangiliklar

17 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:57

Shvetsiya o‘z pulidan voz kechmoqda: yevroga o‘tishni muhokama qila boshladi

Bugun, 11:55

Pimenov Rossiya termasiga har qanday o'yin foydali dedi