Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyuning uchrashuvdan keyingi fikrlaridan norozi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Seshanba kuni Chempionlar ligasi o‘yinida braziliyalik futbolchining goli «qaymoqranglilar»ga lissabonliklar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba keltirdi. Golni nishonlash paytida Vinisius «Benfika» tomoni provokatsiya deb baholagan harakat qilgani aytildi, shundan so‘ng esa futbolchiga nisbatan irqchilik ruhidagi haqoratlar yangradi.
O‘yin tugagach, Mourinyu Vinisiusning bayramini ochiq tanqid qilib, go‘yoki futbolchi o‘zi ham vaziyatga sababchi bo‘lgandek ishora qildi. El Chiringuito TV ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius murabbiydan juda g‘azablangan: u portugaliyalik mutaxassisning izohlaridan shok holatiga tushgan va bu gaplar qaysidir ma’noda irqchilik haqoratlarini oqlab qo‘ygandek ko‘ringan.
«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi kelasi chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Vinisius Mourinyuning gaplaridan ranjib, qattiq gʻazablandi
So’nggi yangiliklar
AQSH o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga nisbatan viza cheklovi joriy etdi
Bugun, 11:59
Xitoylik kardiojarrohlar 500 bolani O‘zbekistonda operatsiya qiladi
Bugun, 11:48
Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
