La Liga doirasidagi shanba kungi uchrashuvda Madridning «Real» klubi o’z maydonida «Real Sosyedad»ni yirik hisobda mag’lub etdi — 4:1. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Mezbonlar g’alabasini Gonsalo Garsiya va Federiko Valverdening gollari, shuningdek, Vinisius Juniorning dubli ta’minladi. Braziliyalik hujumchi ikkala golini ham penaltidan urdi.
O’yindan keyin Valverde jamoaning harakatiga alohida urg’u berdi: «Murabbiy maydonda ko’p harakat qilishimizni so’raydi. Bugun esa o’zimni ancha erkin va qulay his qildim», — dedi u.
Ma’lumot uchun, Alvaro Arbeloa madridliklar bosh murabbiyi lavozimini bir oydan sal ko’proq vaqt avval egallagan. U o’sha paytda ishdan bo’shatilgan Xabi Alonso o’rnini bosgan.
Ushbu g’alabadan keyin «Real» turnir jadvalida «Barselona»ni ikki ochkoga ortda qoldirdi, biroq kataloniyaliklar bu turdagi uchrashuvini hali o’tkazmagan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Valverde Arbeloa Real futbolchilaridan nimani talab qilishini aytdi
So’nggi yangiliklar
Fevralda kontinental iqlim iliqlik olib keldi
Bugun, 12:08
Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi
Bugun, 11:54
Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi
