in

Vadim Abramovning "Dinamo"dagi kelajagi ma’lum qilindi

Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiy Vadim Abramov bilan kelishuv uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

Vadim Karlenovich bosh murabbiyligidagi jamoamiz 2024 yilgi mavsumni munosib tarzda o‘tkazdi. Tajribali mutaxassis qo‘l ostida klub natija va futbolchilarning o‘sishi jihatidan ham muvaffaqiyatli odimlay oldi. Klub rahbariyati bularni inobatga olib, Vadim Abramov bilan shartnomani yana ikki yilga – 2026 yilning oxirigacha uzaytirdi.

Vadim Karlenovichga “Dinamo” jamoasini Superligada raqobatbardosh jamoaga aylantirish, yangi nomlarni kashf etish va ko‘zlangan maqsadlarni zabt etish yo‘lida omad va zafarlar tilab qolamiz!

“, — deyiladi klub xabarida.

Manba: “Dinamo” matbuot xizmati