in

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo’lmoqda. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Ro’yxatning kuchli o’nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni mutlaq xolis tuzish qiyin ekani ta’kidlanmoqda. Redditdagi futbol muxlislari izohlarda qizg’in bahsga kirishib, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo’lgan Pele nega faqat uchinchi o’ringa qo’yilganidan norozi bo’ldi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin mazkur reytingda 18-pog’onadan joy oldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» The Athletic talqinida tarixning eng zo’r futbolchisi aniqlandi

So’nggi yangiliklar

Jek Grilish jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ogohlantirdi

Bugun, 11:46

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Bugun, 11:43

Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi