Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi bashlaridan so‘ng “Opta” mutaxassislari superkompyuterni yana ishga tushirib, jamoalarning musobaqada g‘alaba qozonish ehtimollarini hisoblab chiqishdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha eng yuqori imkoniyat Londonning “
Arsenal
” klubiga tegishli. “Kanonirlar”ning turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli — 27,8 foiz.
Ikkinchi o‘rinda “Barselona” — 25,9%, uchinchi o‘rinda esa
PSJ
joylashgan — 21,9%. To‘rtinchi pog‘onada Milanning “Inter” klubi — 19,8%.
Qolgan jamoalarning imkoniyatlari quyidagicha: “
Bavariya
” — 3%, “Real Madrid” — 0,9%, “Aston Villa” — 0,8% va “Borussiya Dortmund” — 0%.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibi “Real Madrid” bo‘lgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter
tugmasini bosing