in

Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa darvozaboni Mikеле di Gregorio atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirib, futbolchini himoya qildi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

28 yoshli golkiper so‘nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sababchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Turin klubi oxirgi to‘rt o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘ldi va bu oraliqda 12 ta gol o‘tkazib yubordi.

«Tanqidga xotirjam munosabat bildirishni o‘rganishimiz kerak — hammasi shundan boshlanadi. Nima bo‘lishini taxmin qilishni bas qilish lozim. Mas’uliyat har birimizda: barchamiz tanqidning o‘z ulushini qabul qilamiz», — dedi Spalletti matbuot anjumanida di Gregorio haqidagi savolga javob berarkan.

Bugun «Yuventus» Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida o‘z maydonida «Galatasaray»ni qabul qiladi. Ilk uchrashuv turinliklar uchun yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan — 2:5.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

So’nggi yangiliklar

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon

Bugun, 11:55

Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi