Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenxua” yetti tur yakunida pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish bo‘ldi, biroq “eshikni qarsillatib yopish” ham nasib etmadi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” birinchi taymning boshidayoq ikki bor aniq zarba yo‘lladi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchiga kamayib qoldi va shu holat o‘yindagi intriganing amalda yo‘qolishiga olib keldi. Natijada Slutskij shogirdlari hisobni o‘zgartira olmadi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi
So’nggi yangiliklar
Aguero Abduqodir Husanovni "Siti" himoyasining kelajagi deb atadi
Bugun, 11:33
Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lashda jiddiy muammo bor
Bugun, 11:21
Ronaldu Saudiya sahnasida yutqazib ham yutgandek ko'rindi
