in

«Siti»ning tajribali himoyachisi klubni tark etishga yaqin turibdi

Angliya Premer-ligasining amaldagi grandlaridan biri — «Manchester Siti» safidagi eng tajribali markaziy himoyachilardan biri Jon Stounz joriy mavsum yakuniga yetgach jamoani tark etishi mumkin. “Shaharliklar” himoya chizig‘ida uzoq yillar davomida ishonchli o‘yin namoyish etgan futbolchining kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

TEAMtalk nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli ingliz futbolchisiga uning sobiq jamoasi — «Everton» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar tajribali himoyachini yana o‘z safiga qaytarish niyatida va bu borada qulay imkoniyatni kutmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Everton» rahbariyati Stounzni yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Ma’lumki, uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi aynan shu davrda o‘z yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Jon Stounz 2016-yilda «Everton»dan 55 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan edi. Shu vaqtdan beri u jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi.

Biroq so‘nggi vaqtlarda himoyachining jarohatlarga moyilligi uning o‘yin amaliyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda atigi 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Bu esa futbolchining asosiy tarkibdagi o‘rnini ham shubha ostiga qo‘ya boshladi.

Agar transfer amalga oshsa, Stounz uchun bu nafaqat yangi chaqiriq, balki o‘z faoliyatini boshlagan jamoaga ramziy qaytish bo‘ladi. Endi barcha savol — «Siti» uni qo‘yib yuboradimi va «Everton» bu imkoniyatdan foydalanadimi?

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» «Siti»ning tajribali himoyachisi klubni tark etishga yaqin turibdi

So’nggi yangiliklar

Tashiyev Hayit namozida qatnashdi va o‘zi xafa qilganlardan kechirim so‘radi (video)

Bugun, 11:57

Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?

Bugun, 11:32

Zokir Ochildiyev: “Ota-onani rozi qilishni kechiktirmang”

Bugun, 11:05