in

Shaxzod Muzaffarov 1/8 finalda ishonchli g‘alaba bilan oldinga yurdi

Ayni kunlarda Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining ikki tarkibi ham ishtirok etib, ringda munosib natijalar ko‘rsatmoqda.

Bugungi janglar doirasida hamyurtimiz Shaxzod Muzaffarov -55 kg vazn toifasida 1/8 final bosqichida ringga chiqdi. U iordaniyalik raqibi Mahdi Almashalehga qarshi kechgan bahsda mutlaq ustunlikni namoyon etib, ishonchli 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hatto hakamlar bahosida ham bu ustunlik yaqqol aks etdi — 29:27, 29:27, 29:27, 29:27, 29:27.

Muzaffarov uch raund davomida jangning borishini nazorat qildi va raqibiga qaraganda xotirjamroq va aniqroq harakat qildi. Muzaffarov jang davomida tezkor harakatlari, aniq zarbalari va puxta taktik rejasi bilan raqibiga deyarli hech qanday imkoniyat qoldirmadi – hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga berishdi. Hatto uchinchi raundda qoidabuzarlik uchun bir ball olib tashlangani ham natijaga taʼsir qilmadi. Bu g‘alaba orqali u navbatdagi bosqich — chorak finalga yo‘l oldi.

Endi bokschimiz oldida yana-da jiddiy sinov turibdi. U chorak finalda qozog‘istonlik mashhur bokschi, ikki karra jahon chempioni Maxmud Sabirxanga qarshi bahs olib boradi. Ushbu qiziqarli to‘qnashuv 3 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, muxlislar ushbu jangni katta intiqlik bilan kutmoqda.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi dastur janglari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonlik bokschilarning ishonchli chiqishlari esa musobaqaning keyingi bosqichlarida ham yuqori natijalar kutishga asos bo‘lmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Shaxzod Muzaffarov 1/8 finalda ishonchli g‘alaba bilan oldinga yurdi

So’nggi yangiliklar

1 aprel kuni dollar kursi pasayishi kutilmoqda

Bugun, 10:33

Yevropa top-klublari Muhammad Salohning transferini kuzatmoqda

Bugun, 10:30

Saraton kasalligi o'limning eng asosiy sababiga aylanadi

Bugun, 10:21