Ispaniya La Ligasining 25-turida safarda o’ynagan Madridning «Real» jamoasi kutilmaganda «Osasuna»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so’ng «qaymoqranglilar» yarim himoyachisi Dani Sebalyos qisqa fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
«Mag’lubiyat uchun javobgarlikni o’z zimmamga olaman», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumotlarga ko’ra, «Osasuna» g’alaba golini o’yin so’ngida Sebalyosning noaniq uzatmasi to’xtatib qolingani ortidan kiritgan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi La Ligada 15 ta o’yinda maydonga tushdi, biroq hali gol yoki golli uzatma bilan ajralib chiqmadi.
Shunga qaramay, «Real» turnir jadvalida peshqadam bo’lib turibdi: madridliklar ikkinchi o’rindagi Kataloniyaning «Barselona»sidan ikki ochkoga oldinda. «Ko’k-anorranglilar»ning esa zaxirada bitta o’yini bor.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Sebalyos mag’lubiyat uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi
So’nggi yangiliklar
Darvin Nunes Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin
Bugun, 11:42
Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi
Bugun, 11:38
Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua ACLda mag'lub bo'ldi
