in

Saudiyadan taklif: De Bryuyne "Neom"ga o'tadimi?

Kevin de Bryuyne va “

Manchester Siti

” o‘rtasidagi shartnoma 30 iyun kuni yakunlanadi, deb Footmercato nashri xabar berdi. Klub rahbariyati belgiyalik yulduz bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.

Shu sababli, 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi yozda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u Saudiyada ikkinchi divizionda to‘p surayotgan “Neom” jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.

Footmercato manbasiga ko‘ra, tomonlarning ilk uchrashuvi ijobiy yakunlangan va pleymeykerning ushbu klubga o‘tishi jiddiy muhokama qilinmoqda.

Angliya chempionatining eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘lgan Kevin de Bryuyne Belgiya “Genk” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U, shuningdek, “Chelsi”, “Verder” va “Volfsburg” klublarida ham to‘p surgan.

“Manchester Siti” Kevinni 2015 yili “Volfsburg”dan 76 million yevro (hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 9,3 trln so‘m) evaziga sotib olgan. Bu

transfer

o‘zini to‘liq oqlagan — de Bryuyne jamoa muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147421’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);

Yoqdi