“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda ishtirok etmadi, biroq qaytishi bilan darrov o’z so’zini aytdi: u “Al-Fateh” darvozasini 18-daqiqadayoq ishg’ol qildi. Bellashuv “Al-Nasr”ning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
O’yindan so’ng 41 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa izoh qoldirdi: “Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak”.
Er-Riyod jamoasi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o’rinda bormoqda va peshqadam “Al-Hilol”dan bir ochko ortda qolmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ronaldu qaytdi va darhol gol bilan iz qoldirdi
So’nggi yangiliklar
Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi
Bugun, 11:54
Perreyn goli «Lill»ni «Brest»ga yutqazishdan saqlab qoldi
Bugun, 11:51
Viktor Osimhen Bavariyaning transfer roʻyxatiga kirdi
