“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Feyha” ustidan 3:1 hisobidagi g’alabadan so’ng ijtimoiy tarmoqlarda post e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuv boshidayoq hisobni ochish imkoniga ega bo’ldi, biroq penaltini golga aylantira olmadi. U o’yin davomida darvoza to’rini ishg’ol eta olmadi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.
“Birga o’sishda davom etamiz! Muhim g’alaba!” — deb yozdi Ronaldu uchrashuv yakunida.
24 turdan so’ng 61 ochko jamg’argan “Al-Nasr” Saudiya ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o’rinda “Al-Ahli” (59), kuchli uchlikni esa “Al-Hilol” (58) yakunlab turibdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g’alabadan keyin post qoldirdi
So’nggi yangiliklar
Bordalas Mbappega qarshi o'ynay olmasligidan afsusda
Bugun, 11:57
Stiv Bryus MYU Maguayr bilan shartnomani uzaytirsin dedi
Bugun, 11:52
Noboa Rubin Barselonani yenggani uchun berilgan bonusni aytdi
