in

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining yaqinlashib kelayotgan uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida klubining so’nggi ikki o’yinini o’tkazib yuborgandi, biroq endi maydonga qaytish bo’yicha yakuniy qarorini qabul qildi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko’ra, portugaliyalik yulduz shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi bellashuvda o’ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga o’yin bo’lib o’tadigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.

Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o’rinda bormoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Ronaldu navbatdagi o’yinda maydonga qaytishga qaror qildi

So’nggi yangiliklar

Boka Juniors yangi sport direktori nomini e’lon qildi

Bugun, 11:21

Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni kimligi aytildi

Bugun, 11:13

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor