in

Ronaldu jarohat oldi va maydonni erta tark etdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Feyha”ga qarshi shanba kungi uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

O’yin Jorje Jezush jamoasining 3:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard uchrashuvda gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan ham foydalana olmadi. Bahs oxirlarida yulduz futbolchini maydondan olishga to’g’ri keldi. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa payi (hamstring) sohasidan jarohat olgan. Agar oddiy cho’zilish bo’lsa, tiklanish 3–5 kunni oladi. Mushak uzilishi aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko’proq muddatni o’tkazib yuborishi mumkin.

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 22 o’yinda 21 ta gol muallifi bo’lib turibdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Ronaldu jarohat oldi va maydonni erta tark etdi

So’nggi yangiliklar

Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi River abadiy tark etilmaydi

Bugun, 11:22

2 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:16

Kerrik Old Traffordda rekord o‘rnatib "Yunayted"ni yuqoriga ko‘tardi