Saudiya Arabistoni Professional ligasining 23-turida “An-Nasr” o‘z maydonida “Al-Xazem”ni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p joyladi. Uydagi ishonchli g‘alaba muxlislarga kayfiyat ulashdi, maydonda esa haqiqiy shou bo‘ldi.
Eng ko‘p gap-so‘z, albatta, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu atrofida. Portugaliyalik yulduz ushbu bahsda dubl qayd etib, nafaqat jamoasiga katta turtki berdi, balki o‘z faoliyatiga yana ikki “tarixiy sahifa” qo‘shib qo‘ydi.
Avvalo, Ronalduning umumiy gollari soni 964 taga yetdi. Bu — minglik marrani zabt etish sari qo‘yilgan navbatdagi katta qadam. U jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida allaqachon tarixga muhrlanib bo‘lgan, endi esa har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaverishi tabiiy.
Ikkinchi muhim jihat — dubldan keyin Ronalduning 30 yoshdan so‘ng urgan gollari soni 501 taga chiqdi. Bu ko‘rsatkichga birinchi bo‘lib yetib kelgan futbolchi ham aynan u bo‘ldi. Ya’ni, Ronaldu faqat “uzoq o‘ynadi” emas — u katta yoshda ham raqamlarni qimirlatyapti, rekordlarni esa “issiq non”dek ketma-ket tuzyapti.
Bu g‘alabadan so‘ng “An-Nasr” chempionatda yana peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. E’tiborlisi, Krishtianu Ronaldu hali Saudiya futbolida biror bir nufuzli sovrinni qo‘lga kiritmagan. Ammo hozir jamoa oldida liga g‘olibligi uchun real imkoniyat paydo bo‘ldi.
Qisqasi, “An-Nasr” uchun bu natija — jadvaldagi oddiy 3 ochko emas. Bu — chempionlik yo‘lidagi juda muhim qadam. Ronaldu esa yana bir bor ko‘rsatdi: yosh — pasportda, rekord esa uning “ish joyi”da.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ronaldu “Al-Xazem”ga qarshi dubl bilan 2 ta tarixiy rekord qayd etdi
So’nggi yangiliklar
Darvin Nunes Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin
Bugun, 11:42
Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi
Bugun, 11:38
Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua ACLda mag'lub bo'ldi
