in

Real yozda darvozabon masalasini Kobel bilan hal qilmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish uchun yangi nomzod izlamoqda. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon bergan ma’lumotga ko‘ra, “qirollik klubi” Dortmundning “Borussiya” jamoasi posboni Gregor Kobelni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon “Real”ning bu pozitsiya bo‘yicha asosiy maqsadi sifatida qayd etilmoqda.

Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan “Borussiya”ga 15 million yevroga ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Real yozda darvozabon masalasini Kobel bilan hal qilmoqchi

So’nggi yangiliklar

Potter tanqid Dyo'kereshni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi

Bugun, 11:51

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi

Bugun, 11:44

Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi