“Real” ayni paytda jahon futbolida eng kuchli tarkibni jamlaganiga qaramay, yulduz futbolchilarni olib kelishni to‘xtatmaydigan
ko‘rinadi
.
Bu gal madridliklar nishoniga “Chelsi” va Angliya terma jamoasida porlayotgan Koul Palmer tushdi.
22 yoshli futbolchining talantini uni tarbiyalagan “Manchester Siti” ilg‘ay olmay, raqib klub – “Chelsi”ga sotib yuborgan edi. “Aristokratlar” safida hujumkor futbolchi Premer-liganing eng samarador o‘yinchisiga aylandi.
Aynan Palmerning harakatlari “Chelsi”ga uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etishga yordam bermoqda.
Futbolchining mehnatini qadrlagan londonliklar yozda uning shartnomasini 2033 yilnin 30 iyunigacha uzaytirdi. 47 million yevroga transfer qilingan o‘yinchining bugungi narxi kamida ikki baravar ko‘tarilgan.
Ekspertlar “Real” Koul Palmerni olish uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda. “Qirollik klubi” shunga qaramay, imkon bo‘lishiga “bomba” transferni amalga oshirishga tayyor.