Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida bo’lib o’tadigan “Real Madrid” va “Manchester Siti” o’rtasidagi dastlabki to’qnashuv oldidan Madrid klubi muxlislari uchun noxush xabar tarqaldi. Jamoaning ikki asosiy yulduzi — hujumchi Kilian Mbappe va yarimhimoyachi Jud Bellingem ushbu muhim bahsni o’tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Mario Kortegana o’z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Klub tibbiyot shtabi futbolchilarni tavakkal qilmaslikka qaror qilgan. Asosiy maqsad — ularni javob o’yiniga qadar to’liq sog’lomlashtirish va safga qaytarishdir. Ma’lumotlarga ko’ra, Mbappening chap tizzasidagi paylarida cho’zilish kuzatilgan, Bellingem esa son qismidagi og’riqlar sababli mashg’ulotlarda to’liq qatnasha olmayapti. Judning maydonga qaytishi bo’yicha dastlabki prognozlar 22 mart kuni bo’lib o’tadigan “Atletiko”ga qarshi derbini ko’rsatmoqda.
Endilikda “Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa oldida murakkab vazifa turibdi. Jamoa o’zining asosiy ijodkorlari va to’purarisiz “Manchester Siti” kabi kuchli raqibga qarshi qanday taktikani tanlashi barchani qiziqtirmoqda. “Qirollik klubi” uchun bu yo’qotishlar jiddiy sinov bo’lishi shubhasiz, biroq klub shifokorlari futbolchilarning uzoq muddat safdan chiqmasligi uchun ehtiyotkorlik choralarini ko’rishni afzal ko’rmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» “Real Madrid” “Manchester Siti” bilan o’yinga jiddiy yo’qotishlar bilan chiqadi
So’nggi yangiliklar
Robert Levandovski yaqin uch oyda qaror qabul qiladi
Bugun, 11:34
Illyuziyalardan voz kechish: 50 yoshdan keyin anglab yetiladigan haqiqatlar
Bugun, 11:24
