in

Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi

Fransuz markaziy himoyachi Ibraima Konate yozgi transferlar bozorida Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi, futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida madridlik «Real» ham bor. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Manbalarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Konatega uzoq muddatli bitim taklif qilgan. Taklif etilayotgan shartnoma 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Konate 2021 yil iyunidan beri mersisaydliklar safida to‘p suradi. 26 yoshli fransuz himoyachining transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsum APLda Konate 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U bir gol urdi va besh bor sariq kartochka oldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi

So’nggi yangiliklar

Olimlar o‘rgimchak ipakning sirli mustahkamligini fosh qilishdi

Bugun, 11:51

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Bugun, 11:43

Ugo Souza Korintiansda qoladi, Beshiktash taklifi rad etildi