Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi kamida bir yarim oyga asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Vengriyalik posbon yaqinda «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.
Yaxshi tomoni, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini aniqlashdi. Gulachi joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Hozirda «RB Leyptsig» Germaniya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, jamoa hisobida 40 ochko bor.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan ayrildi
So’nggi yangiliklar
17 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:57
Shvetsiya o‘z pulidan voz kechmoqda: yevroga o‘tishni muhokama qila boshladi
Bugun, 11:55
Pimenov Rossiya termasiga har qanday o'yin foydali dedi
