Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Sharabutdin Magomedovning murabbiyi Gor Azizyan 2025 yildagi rejalar haqida
aytdi
.
“
Biz yiliga uchta jang o‘tkazishni ko‘zlaganmiz. Sharabutdin fevral boshida Maykl Peyjga qarshi bahsdan so‘ng tanaffus qilib, uch oy dam oladi. Chunki u oilasi bilan ham vaqt o‘tkazishi kerak
” — deya Azizyanning so‘zlarini keltirdi “MMA.Metaratings.ru”.
Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Ar-Riyoddagi “UFC Fight Night 250” turnirida Magomedov britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko‘tariladi.