in

Pako Roch: "Vinisius yaxshi futbolchidir, ammo inson sifatida bir uyum axlat"

“Valensiya” sobiq prezidenti Pako Roch Vinisius Juniorning o‘zini tutishini tanqid qildi. U 2023 yil “Mestalya”da sodir bo‘lgan voqeani esga oldi. O‘shanda “Valensiya” muxlislari Vinisius Juniorni haqorat qilib, uni “maymun” deyishgan va bahs 8 daqiqaga to‘xtab

qolgandi

.

U “Mestalya”dagi panjarani oshib tushib, shunday degan: “Sen meni fohishani bolasi deding”. O‘sha kuni o‘g‘lim va nevaram bilan stadionda edim. Ovozlarga tushunmay, nevaramga savol berdim: “Alfonsito, ular nima deb baqirishyapti?. U “Ular Vinisiusni ahmoq deyishyapti” deya javob berdi. Muxlislar Vinisiusni maymun deb atashibdi deb o‘ylabman. Ammo yo‘q. Keyin 40 yoshli o‘g‘limdan ham muxlislar nima deb baqirayotganini so‘radim. U ham “ahmoq” deya javob berdi.

Vinisius ishqibozlarga yaqin kelib, qandaydir ishoralar bilan shunday dedi: “Siz ikkinchi divizionga uchib ketasiz”. Keyin uning qizil kartochkasini bekor qilishdi, bu nima degan gap? Keyin stadionning ikki yoki uch tribunasini bir nechta o‘yinga yopib qo‘yishdi, uni esa kechirib yuborishdi.

Balki u yaxshi futbolchidir, men ham shu fikrdaman, ammo u… Inson sifatida u bir uyum axlat. Doim hakamlarga e’tiroz bildiradi. Men 20 yoki 30 marta Janubiy Amerikada bo‘lganman va men bilan hech qachon bunaqasi bo‘lmagan. Janubiy Amerikaga borib odamlar bilan kamtarona suhbat qurganman

” – dedi Pako Roch.