Turkiyaning Antalya shahrida taekvondo WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli “Turkish Open” xalqaro musobaqasi qizg‘in tarzda davom etmoqda. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etayotgan ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham munosib ishtirok etib, muxlislarni quvontirmoqda.
Ortda qolgan kun ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvlar ayniqsa samarali bo‘ldi. Terma jamoamiz vakilalari yuqori mahorati va irodasini namoyon etib, jami uchta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medalni -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Sobirjonova qo‘lga kiritdi. U hal qiluvchi janglarda raqibalarini ishonchli mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Kumush medal esa -62 kg vazn toifasida Sevinch Hayitova hisobiga yozildi. U finalgacha bo‘lgan barcha bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, hal qiluvchi bahsda munosib qarshilik ko‘rsatdi.
Shuningdek, +73 kg vazn toifasida Svetlana Osipova bronza medalga ega chiqdi. Uning janglardagi qatʼiyati va tajribasi yana bir bor o‘z samarasini berdi.
Mazkur natijalar O‘zbekiston taekvondo maktabining xalqaro maydondagi nufuzini yana-da oshirayotganini ko‘rsatmoqda. Muxlislar esa sportchilarimizning keyingi chiqishlarini katta umid va qiziqish bilan kuzatmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» O‘zbekistonlik taekvondochilar Antalyada uchta medal bilan quvontirdi
So’nggi yangiliklar
Xitoy «jamoaviy fikrlaydigan» yangi avlod jangovar robotlar yaratdi (video)
Bugun, 11:51
Shaxzod Muzaffarov 1/8 finalda ishonchli g‘alaba bilan oldinga yurdi
Bugun, 11:42
1 aprel kuni dollar kursi pasayishi kutilmoqda
Bugun, 10:33
