in

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini o’zgartirish zarurati bor deb hisoblamaydi. Nigeriyalik futbolchiga jamoa va muhit yoqayotgani ta’kidlanmoqda. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Biroq The Touchline xabariga ko’ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga e’tibor qaratishi mumkin. Ayni paytda esa aniq takliflar, rasmiy murojaatlar yoki muzokaralar haqida gap yo’q.

Manbaga ko’ra, ehtimoliy transferning taqdiri, avvalo, Osimhenning shaxsiy qaroriga bog’liq bo’ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuv o’tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Osimhen Galatasarayda o’zini yaxshi his qilmoqda, ammo qiziqish bor

So’nggi yangiliklar

Argentina futbol rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Bugun, 12:00

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi

Bugun, 11:47

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi