in

Noyer Borussiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Fevral o‘rtalarida «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jarohat olgandi. Dastlab tajribali posbon taxminan uch haftaga safdan chiqqani aytilgan, biroq u kutilganidan tezroq safga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Bild xabariga ko‘ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Hozircha u murakkab yuklamalarni bajarmadi, ammo to‘p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganidan darak beradi.

Germaniyada Noyer Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yinda hammani hayratda qoldirib, maydonga tushishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Jamoalar 28-fevral, shanba kuni kuch sinashadi.

«Bavariya» Bundesligada peshqadam, ikkinchi o‘rindagi «Borussiya» esa yetakchidan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Noyer Borussiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

So’nggi yangiliklar

Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi

Bugun, 11:57

Laporta PSJ Yamalgа 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

Bugun, 11:55

Brentuayt Evertonga gol urishdagi aniqlik yetishmadi dedi