in

«Neftchi» bosh murabbiyi superkubokdagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

«Neftchi» bosh murabbiyi Islom Ismoilov «Paxtakor»ga (1:0) qarshi O‘zbekiston superkubogidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugungi g‘alaba bilan butun Farg‘ona xalqini, muxlislarni tabriklayman. Nafaqat farg‘onalik, balki namanganlik va andijonlik muxlislar ham qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga rahmat aytaman. O‘ying kelsak, ochiq va hujumkor qarama-qarshilikni ko‘rdik. Omad biz tomonimizda bo‘ldi.

Jamoa uslubidagi o‘zgarishlar? Avvalo, avvalgi murabbiyga (Vitaliy Levchenko) ham rahmat aytaman. Iste’fo — murabbiylik qismati. Jamoa o‘tgan mavsumda asosan himoyaviy futbol ko‘rsatardi. Bu borada o‘zgarishlar qildik va jamoani hujumkor o‘yin ko‘rsatishga majburlayapmiz. Yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni bajarishmoqda. Ularga rahmat aytaman.

Markazdagi tanlov? Raqibning markaziy yarimhimoyasi kuchli ekanligidan kelib chiqib, ikki tayanch yarimhimoyachisi — Jokich va Ratinioni tushirishga qaror qildik. Ammo ular bir-biridan farqli. Jokich ko‘proq himoyaviy harakatlarni amalga oshirsa, Ratinio hujumga ham faol qo‘shila oladi. Markazda tanlovlar ko‘p. Bugungi o‘yinga tayyor bo‘lganlar maydonga tushishdi.

Mahorat evaziga yutdik? Menimcha, «Paxtakor» mahorat bobida ham bizdan kam emasdi. Ularda ham milliy jamoa o‘yinchilari ko‘p. Bunday finallarda, bosim ostida taktika yo‘qoladi va xarakter birinchi o‘ringa chiqadi. Bugun yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va shu bois g‘alaba qozondik.

Gegenpressing? Ha, «Paxtakor»ni o‘rganib chiqqandik. Ko‘p jamoalar «Paxtakor»ga to‘pni berib qo‘yadi va shu sabab ular maydonning ikkinchi hamda uchinchi qismiga bemalol kelishadi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun dastlabki daqiqalardannoq pressing amalga oshirdik.

Mavsum boshidagi negativlar? Hayron qolgandim. Aksincha, o‘zbek murabbiylarini qo‘llab-quvvatlash kerak. Axir, biz shu yerdamiz. Shu vatan uchun harakat qilamiz. Ularga ko‘p e’tibor qaratmayman. Maqsadim — olg‘a intilish, mehnatim va natijam bilan noto‘g‘ri fikrlarga javob berish», — deydi Ismoilov matbuot anjumanida.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» «Neftchi» bosh murabbiyi superkubokdagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

So’nggi yangiliklar

Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 12:02

Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Husanov yetakchilik qilmoqda

Bugun, 11:58

Bugun ham metan “zapravka”lari cheklangan rejimda ishlaydi

Bugun, 11:53