“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov hozirda “Benfika”ni boshqarayotgan Joze Mourinyu faoliyatini qaysi chempionat davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. U bu boradagi mulohazalarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida aytib o’tdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Naumovga ko’ra, Mourinyuning eng yorqin davri ortda qolgan: ekspert portugaliyalik mutaxassis futbol rivojidan biroz orqada qolganini, avvallari sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turgan bo’lsa, hozirda esa oddiyroq va qolipdagi murabbiyga aylanib qolganini ta’kidladi.
U Mourinyu uchun eng maqbul manzil sifatida Saudiya Arabistoni chempionatini ko’rsatdi. Naumov bu yerda maoshlar yuqoriligi, mojarolar doim e’tiborda bo’lishi va tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati borligini qayd etdi.
Mourinyu boshqaruvidagi “Benfika” Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos ko’rdi
So’nggi yangiliklar
Gvardiola Husanovni Uoker darajasiga chiqishiga ishonishini aytdi
Bugun, 11:33
Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi
Bugun, 11:29
Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi
