Italiya A Seriyasining 29-turida «Napoli» o‘z maydonida «Lechche» jamoasini qabul qildi. Qiziqarli va dramatik kechgan bahs yakunida neapolliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.
Uchrashuv kutilmagan holda mehmonlar ustunligi bilan boshlandi. O‘yinning 3-daqiqasida Zibert aniq zarba bilan hisobni ochib, «Lechche»ni oldinga olib chiqdi. Ilk bo‘limda mezbonlar bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Napoli» hujumkor o‘yinni kuchaytirdi. Natijada 46-daqiqada hujumchi Rasmus Hoylund raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Bu gol mezbonlarga yangi kuch va ishonch bag‘ishladi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida esa Matteo Politano chiroyli hujumni gol bilan yakunlab, «Napoli»ni oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda «Lechche» hisobni tenglashtirishga uringan bo‘lsa-da, neapolliklar ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Antonio Konte boshqarayotgan «Napoli» ochkolari sonini 59 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Lechche» esa 27 ochko bilan hozircha 16-pog‘onada qolmoqda.
A Seriya. 29-tur
Napoli — Lechche 2:1
Gollar
: Zibert 3 (0:1), Hoylund 46 (1:1), Politano 67 (2:1).
Napoli
: Meret, Buondjorno, Olivera, Bekema, Gilmor, Angissa (Maktominay, 46), Spinatssola (Gutiyerres, 73), Politano (Matssokki, 73), Elmas (De Bryuyne, 46), Santos, Hoylund.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» “Napoli” kambek qilib “Lechche”ni mag‘lub etdi: 3 ochko “cho‘ntak”da (video)
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
Bugun, 08:51
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
