Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreskaga hanuz jiddiy tayanayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Unga ko’ra, futbolchi joriy mavsum yakunida Myunxen klubini tark etishi kutilayotgan bo’lsa-da, milliy jamoada uning o’rni saqlanib qoladi.
Nagelsmannning ta’kidlashicha, Goreska bu mavsum «Bavariya»da ko’p o’ynamaganiga qaramay, JCh-2026da saralashdagi vazifaga yaqin rolni bajarishi mumkin. Murabbiy yarim himoyachining jarima maydoniga kechikmay yorib kirishi, havodagi kurashlarda ishonchliligi va jismoniy kuchi terma uchun muhimligini alohida qayd etdi. U Shimoliy Irlandiyaga qarshi uchrashuvni eslatib, Goreskasiz o’sha o’yinda g’alaba qozonish qiyin bo’lganini, u ko’plab epizodlarda to’pni boshi bilan qaytarganini aytdi. Nagelsmann JChda ham Germaniya yuqoridan pressing qiladigan, raqib esa uzun uzatmalar bilan javob qaytaradigan vaziyatlar ko’p bo’lishini ta’kidladi.
Oy oxirida Germaniya terma jamoasi Shveysariya va Gana bilan o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Nagelsmann Goreska nega Germaniya terma jamoasiga kerakligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Real va Xetafer uchrashuvida favorit kim ekani aytildi
Bugun, 11:55
Gvardiola Zidan futbol uchun noyob shaxs ekanini aytdi
Bugun, 11:46
Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi
